» » Yerevandagi namoyishchilar markaziy shohko‘chani egallab oldi

Скачать Yerevandagi namoyishchilar markaziy shohko‘chani egallab oldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yerevandagi namoyishchilar markaziy shohko‘chani egallab oldi

Armaniston elektr energiya tariflari qimmatlashuviga qarshi chiqayotgan “Yo‘qolsin o‘g‘irlik” harakati faollari poytaxt Yerevandagi Prezident saroyi joylashgan Bagramyan markaziy shohko‘chasini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Yerevandagi namoyishchilar markaziy shohko‘chani egallab oldi

 

Shohko‘cha yaqinidagi Ozodlik maydonida bo‘lib o‘tgan qisqa mitingdan so‘ng 2000 kishi yurish uyushtirdi. Prezident saroyiga olib boradigan yo‘lni politsiya xodimlari yopib qo‘yganidan so‘ng, namoyishchilar yo‘lga o‘tirib oldi, transportlar harakati ishdan chiqdi.

11-sentabr, juma kuni harakat faollari norozilik namoyishlarini qayta boshlash niyatida ekanliklarini ma’lum qilgandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hukumat energiya tariflari qimmatlashuvi xarajatlarini qoplab berish haqidagi va’dalarini bajarmagan.

Avvalroq Armanistonda 1-avgustdan 1 kilovatt-soat elektr energiya narxini 6,93 dramga oshirish haqida qaror qabul qilingan edi. Bungacha kunduzgi vaqtda 1 kilovatt elektr narxi 41,85 dram, tungi vaqtda esa 31,85 dramga teng edi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.