» » Aktyor Bredli Kuper Ronalduning sobiq qallig‘i Irina Sheykka uylanishga tayyor

Скачать Aktyor Bredli Kuper Ronalduning sobiq qallig‘i Irina Sheykka uylanishga tayyor в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Aktyor Bredli Kuper Ronalduning sobiq qallig‘i Irina Sheykka uylanishga tayyor

Aktyor Bredli Kuper o‘z sevgilisi, rossiyalik model Irina Sheykni onasi Gloriya Kampano bilan tanishtirdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.

Aktyor Bredli Kuper Ronalduning sobiq qallig‘i Irina Sheykka uylanishga tayyor

 

Kuper Londondagi teatrda “Fil-odam” spektaklidagi ishtirokini yakunlaganidan so‘ng, aktyor ta’tilni Sheyk bilan Italiyada o‘tkazdi. Yevropadan AQShga qaytganidan keyingi ilk dam olish kunlarida esa u Irinani onasi bilan tanishtirishga qaror qildi.

Ular birgalikda Nyu-Jersi shtatidagi plyajga borib, kunni okeanda cho‘milish va quyosh tig‘ida toblanish bilan o‘tkazdi. So‘ng Kuperning onasi bilan Atlantik-sitidagi baliq restoranida kechki ovqatni tanovul qilishdi.

Ularga xizmat ko‘rsatgan ofitsiant ayolning so‘zlariga ko‘ra, taniqli mehmonlar restoran menyusiga yuqori baho bergan, muassasa egasi ularga uyda tayyorlangan pishiriq va muzqaymoqlarni tortiq qilgan.

Bredli Kuper 2015-yil martidan beri Irina Sheyk bilan uchrashmoqda. Bungacha u model Syuki Uoterxauz bilan ishqiy munosabatlarda edi. Irina esa besh yil davomida Krishtianu Ronaldu bilan yaqin edi.

Bredli, ayniqsa, 2011-yili otasi vafot etganidan so‘ng, onasiga qattiq bog‘lanib qolganidan kelib chiqib, ko‘pchilik aktyorning Irina bilan munosabatlari jiddiy ekanligi va shu sababli uni onasi bilan tanishtirganini taxmin qilmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.