» » NASA mutaxassislari Quyosh va Oyni adashtirib qo‘ydi

Скачать NASA mutaxassislari Quyosh va Oyni adashtirib qo‘ydi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

NASA mutaxassislari Quyosh va Oyni adashtirib qo‘ydi

Xalqaro kosmik stansiyada ishlovchi astronavt Skott Kelli fazoda olingan suratlarni muntazam ravishda e’lon qilib boradi. National Geographic’ning yozishicha, AQSh aerokosmik tadqiqotlar agentligi (NASA) Kellining suratlarini 12 million obunachisi bor o‘z Twitter’ida qayta e’lon qilib boradi.

NASA mutaxassislari Quyosh va Oyni adashtirib qo‘ydi

 

8-sentabr NASA’ning Twitter’ida Yer va Oyning suratlari paydo bo‘ldi, biroq tagso‘z xato bilan yozildi. NASA xodimlari fazoviy suratni e’lon qilarkan, xatolik sabab Oyni Quyosh deb atadi.

Mazkur xatoni o‘quvchilar payqab qolgan. “Quyosh — haddan tashqari kuchli yorug‘lik manbai bo‘lib, uning yaqinida nafaqat yulduzlarni, balki katta shaharlarning uchqunlarini ham ko‘ra olmayiz”, — deydi astronom va The Planetary Society jurnali muharriri Emili Lakdavalla.

Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘ibotiga mas’ul NASA xodimlari Oyni birinchi marta Quyosh bilan adashtirayotgani yo‘q: ular 2015-yilning avgust oyida ham Skott Kellining boshqa bir suratini qayta chop etish vaqtida shunday xatoga yo‘l qo‘ygan edi.

 

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.