» » Sibirlik olimlar qadimiy Arktida qit’asi mavjud bo‘lganini isbotladi

Скачать Sibirlik olimlar qadimiy Arktida qit’asi mavjud bo‘lganini isbotladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Sibirlik olimlar qadimiy Arktida qit’asi mavjud bo‘lganini isbotladi

Novosibirsk davlat universiteti hamda Neft-gaz geologiyasi va geofizikasi instituti tadqiqotchilari qadimda yagona Arktida paleoqit’asi mavjud bo‘lganini isbotladi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.

Sibirlik olimlar qadimiy Arktida qit’asi mavjud bo‘lganini isbotladi

 

Ilmiy ishda Shimoliy Muz okeanidagi orol arxipelaglarida so‘nggi 20 yil davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida to‘plangan paleomagnit ma’lumotlaridan foydalanilgan. Geologlar qadimgi tog‘ jinslarida ularning paydo bo‘lish davridan saqlanib qolgan magnit maydonlari tavsifini o‘rganib, shu asosda ularning tabiati va kelib chiqishini aniqladi.

Tadqiqot natijalari avval taxmin qilinganidek bitta emas, balki ikkita Arktika qit’asi bo‘lganini ko‘rsatdi. Ulardan birinchisi (olimlar uni Arktida-I deb atagan) taxminan bir milliard yil avval paydo bo‘lgan va 750 million yil avval parchalanib ketgan nisbatan yirik qit’a — Rodiniyaning bir qismi bo‘lgan. Arktida-I ham keyinchalik alohida bo‘laklarga ajralib ketgan.

Tadqiqotga ko‘ra, taxminan 250 million yil avval qit’aning ikkinchi tug‘ilishi yuz bergan — Arktida-II paydo bo‘lgan. U Arktida-I tarkibidan ajralib chiqqan qismlardan tashkil topgan, biroq Arktida-I ning bo‘laklaridan farqli ravishda ekvatorda emas, balki aynan hozirgi Shimoliy Muz okeani o‘rnida yuzaga kelgan.

Hozirgi kundagi Frans-Iosif yeri, Shpitsbergen arxipelagi, Shimoliy Yer arxipelagi va Taymir yarimorolining shimoliy sohillari bilan birga Kar dengizi shelfi, Novosibirsk orollari, Sharqiy Sibir dengizi shelfi, Chukotka va shimoliy Alyaskaning qit’a hududlari bilan birga Chukotka dengizi, Elsmir oroli va Grenlandiya yaqinidagi boshqa orollar bilan birgalikdagi Shimoliy Amerikaning orol tuzilmalari Arktida-II ning qoldiqlari hisoblanadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Sibirlik Arktida

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.