» » Haj ziyoratini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklar soni 4760 nafarga yetdi

Скачать Haj ziyoratini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklar soni 4760 nafarga yetdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Haj ziyoratini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklar soni 4760 nafarga yetdi

O‘zbekistonlik haj ziyoratchilarining Madinai munavvara va Makkai mukarramadagi safarlari muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bugungi kunda Saudiya Arabistoniga yetib kelgan 4760 nafar o‘zbekistonlik musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan makonlarda bo‘lib, hayajonli taassurotlarga to‘lib-toshmoqda. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Makka shahrida ziyoratchilar “Abroj al-Muhammadiya” mehmonxonasiga joylashgan. Bu yerda ular uchun qulay shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Xonalar konditsioner, muzlatgich, televizor bilan jihozlangan. Alohida yuvinish xonalari mavjud.

Mehmonxonada erkaklar va ayollar uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktik muolaja o‘tkazish uchun zarur vositalar bilan to‘la jihozlangan tibbiyot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun barcha dori-darmonlar O‘zbekistondan olib kelingan.

Ziyoratchilarga ertalabki nonushtada asal, pishloq, tuxum, sariyog‘, sut, shirinliklar, tushki va kechki ovqatlanishda esa issiq taom, qatiq, meva va tabiiy sharbatlar berilmoqda.

“Bugungi kunda muqaddas haj amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga kelgan horijiy ziyoratchilarning soni to‘qqiz yuz mingdan oshib ketdi. Ular orasida ziyoratchilarimizning adashib qolmasliklari uchun ko‘krak nishonlari, maxsus tikilgan nimcha va safar xaltalari juda qo‘l kelmoqda.

Madina shahridan Makkai mukarramaga yetib kelgan ziyoratchilarimiz ovqatlanib va hordiq chiqargan holda guruh boshliqlari yetakchiligida avtobuslarda Ka’bai muazzamaga borib, Baytullohni tavof, Safo va Marva orasida sa’y qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ishchi guruhi rahbariyati tomonidan har kuni ziyoratchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, yaqin kunlarda amalga oshiriladigan haj amallarini shar’iy jihatdan to‘laqonli, bekamu-ko‘st va uyushqoqlik bilan amalga oshirish, hojilar o‘z salomatliklarini avaylab-asrashlari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkab sharoitlarda o‘z xavfsizliklarini ta’minlashlari yuzasidan zarur tushuncha va tavsiyalar berib borilmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.