» » Abdulaziz Kamilov Belgiya parlamenti quyi palatasi raisini qabul qildi

Скачать Abdulaziz Kamilov Belgiya parlamenti quyi palatasi raisini qabul qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Abdulaziz Kamilov Belgiya parlamenti quyi palatasi raisini qabul qildi

2015-yilning 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Belgiya Qirolligi Parlamenti Vakillar palatasi Raisi Zigfrid Brake bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: mfa.uz

Suhbat davomida O‘zbekiston—Belgiya munosabatlarining hozirgi holati muhokama qilindi va ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Belgiyaning qonunchilik hokimiyatlari darajasidagi delegatsiyalarining muntazam uchrashuvlari aloqalarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda yanada mustahkamlash hamda hamkorlikning shartnoma-huquqiy negizini takommillashtirish imkonini yaratadi. Belgiya Parlamentining quyi palatasi raisining mazkur tashrifi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O‘zbekiston Hukumati va qator vazirliklar rahbarlari bilan bo‘layotgan muzokaralar ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va unga serqirra tus berishga o‘zaro qiziqish oshayotganini tasdiqlaydi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy muammolarni o‘z ichiga olgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.