» » “Miss Amerika – 2016” tanlovida opera ariyasini kuylagan sohibjamol g‘olib bo‘ldi

“Miss Amerika – 2016” tanlovida opera ariyasini kuylagan sohibjamol g‘olib bo‘ldi

13-sentabr, yakshanba kuni AQShning Atlantik-Siti shahrida yakunlangan “Miss Amerika — 2016” go‘zallik tanlovida Uorner-Robins shahri vakili (Jorjiya shtati) Betti Kentrell g‘olib chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.


Bu nom uchun 50 ta shtat, Kolumbiya federal okrugi va Puerto-Rikodan kelgan 52 nafar sohibjamol kurashdi. Hakamlar hay’atini amerikalik xonanda va model Vanessa Uilyams boshqardi. U 1984 yilda shu tanlovda g‘olib chiqqan birinchi qora tanli qiz bo‘lgandi.

Birinchi bor 1921 yilda bo‘lib o‘tgan “Miss Amerika” tanlovida 17 dan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar ishtirok etadi. Hakamlar nafaqat ularning tashqi ko‘rinishi, balki qobiliyatini namoyish etishi va savollarga javob bera olishiga ham e’tibor qaratadi.

Meykon shahridagi Mersera universitetida musiqali pedagogikadan tahsil olayotgan 21 yoshli Betti Kentrell tanlovda opera ariyasini ijro etdi.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.