» » Manchesterdagi qamoqxona mahbusi bir sutkadan beri tomdan tushmayapti

Manchesterdagi qamoqxona mahbusi bir sutkadan beri tomdan tushmayapti

Manchesterdagi Strangeways qamoqxonasi mahbusi Styuart Xorner bir sutkadan beri jazoni o‘tash muassasasining tomidan tushmayapti. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.


O‘z amakisini o‘ldirgani uchun 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgan 35 yoshli Xorner aynan nima sababdan mazkur norozilik namoyishini o‘tkazayotgani aniq emas: uning baqir-chaqirlaridan u qamoqxonadagi sharoitlardan norozi ekanligini va bir vaqtning o‘zida u 40 kechayu 40 kunduz tomdan tushmay, tomda yashash bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchiligini anglash mumkin.

Hozircha Xornerni pastga tushishga ko‘ndirib bo‘lmayapti — u tomdan yugurib, derazalarni urmoqda va quvurlarga osilmoqda. U o‘zi bilan zaxira ovqat, suv, tamaki hamda issiq yopinchiq olib chiqib ketgan. Muloqotning yo‘qligidan ham noliyotgani yo‘q — u mo‘rikonlar orqali baqirib, qamoqxonadagi boshqa mahbuslar bilan gaplashib turibdi.


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.