» » Chevrolet kompaniyasi Camaro’ning shassisini sinash uchun professional drifter yolladi

Chevrolet kompaniyasi Camaro’ning shassisini sinash uchun professional drifter yolladi

Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Camaro sportkari shassilarini sozlash ishlarida qatnashishi uchun professional drifter Maykl Tangni yolladi. Chevrolet tomonidan YouTube’da e’lon qilingan videodaTrinidad va Tobagoning 25 yoshli fuqarosi avtomobilni sinovdan o‘tkazayotganini ko‘rish mumkin, deb yozadi “Motor.ru”.


Professional haydovchi kupening hajmi ikki litr bo‘lgan to‘rt silindrli turbomotor bilan ta’minlangan, 275 ot kuchiga ega bazaviy versiyasini boshqardi. Olti bosqichli mexanik uzatmalar qurilmasi birga ishlaydigan dvigatel “Kamaro”ga 5,4 soniyada soatiga 96 kilometr tezlikka erishish imkonini beradi.

Chevrolet Camaro kupesi ilk bor 2015-yil mayida namoyish etilgan edi, kabrioleti esa iyun oyi oxirida debyut qilgan. Mazkur avtomobillar savdosi AQShda 2015-yil kuzida boshlanishi kutilmoqda. Sportkarning narxi 26,6 ming dollardan boshlanadi.


Manba: Daryo.uz






Метки: Camaro Chevrolet

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.