» » Joze Mourinyo chempionatdagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Everton” bosh murabbiyi bilan gap talashdi

Скачать Joze Mourinyo chempionatdagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Everton” bosh murabbiyi bilan gap talashdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Joze Mourinyo chempionatdagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Everton” bosh murabbiyi bilan gap talashdi

Londonning “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hamkasbi, “Everton” ustozi Roberto Martines bilan gap talashib qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: korrespondent.net

Portugaliyalik mutaxassis Angliya chempionati 5-turidan o‘rin olgan “Everton” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan Martinesning matbuot anjumani tugashini uzoq kutib qolganidan asabiylashdi. Eslatib o‘tamiz, o‘yinda “Everton” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

The Telegraph’ning yozishicha, “Everton” bosh murabbiyi konferens-zaldan chiqqanida, Mourinyo unga qarata: “Roberto, ularga aytgin, kelasi safar birinchi bo‘lib men so‘zga chiqaman, chunki mening jamoam hali uyga yetib olishi ham kerak”, — degan. Bunga javoban “Everton” ustozi: “Bu mening nazoratimdagi narsalar emas”, — deb aytgan.

Nashrning qayd etishicha, shundan so‘ng Mourinyo baland ovozda baqirib bergan va matbuot anjumaniga kirib ketgan. Qayd etish joiz, mavsum boshida 1986-yildan beri eng yomon natijani qayd etayotgan “Chelsi” hisobida ayni vaqtda 4 ochko bor. Mourinyoning ishonch bildirishicha, uning jamoasi quyi divizionga tushib ketmaydi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Joze Mourinyo Everton

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.