» » Toshkent viloyati ziyoratchilari umra amalini bajardi

Скачать Toshkent viloyati ziyoratchilari umra amalini bajardi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkent viloyati ziyoratchilari umra amalini bajardi

12-sentabr kuni Toshkent viloyatining Angren shahri, Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Ohangaron tumanlarida yashovchi O‘zbekiston fuqarolaridan tarkib topgan “Toshkent viloyati-1” va “Toshkent viloyati-2” guruhlari ziyoratchilari Madinai Munavvaradan Makka shahrining “Aziziya ash-Shimaliya” mintaqasida joylashgan to‘rt burjli “Abroj al-Muhammadiya” mehmonxonasiga yetib keldi, deb xabar beradi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy sayti.

Foto: religions.uz

“Ziyoratchilarga tajribali imom-xatiblar Azimjon Alimjonov va Farruh Kurganov yetakchilik qilmoqda. Tushlikdan so‘ng barcha ziyoratchilarga umra davomida bajariladigan amallar, uning shar’iy hukmlari jumladan, farz, vojib, sunnatlari yuzasidan ellikboshilar tomonidan yana bir bor puxta tushuncha va tavsiyalar berildi. Zero, haj va umra amallarini shar’iy talabalarga monand bajarish zaruriy shart hisoblanadi. Bunga Qur’oni karimning ‘Baqara’ surasi ‘Haj va umrani (arkonlari ila) Alloh (rizosi) uchun to‘liq ado etinglar’ 196-oyati kalimasi ham dalildir”, — deyiladi xabarda.

Hojilar shu kuni kechasiga qadar hordiq oldi. “Haram” masjidida ziyoratchilar siyraklashganlaridan so‘ng maxsus avtobuslarda u yerga yetib keldi.

“Ziyoratchilarimiz qariyalar va ayollarni ehtiyot qilgan holda ‘tavof’ va ‘sa’y’ amallarini bajardi. Umra amallarini bajarish davomida ular oila a’zolari va yaqinlari, umuman, barcha yurtdoshlarimiz haqlariga duolar qilib, Allohdan jondan aziz va muqaddas Vatanimizga tinchlik, barqarorlik, farovonlik hamda muhtaram Yurtboshimiz rahbarliklarida yanada ravnaq topishni ixlos bilan so‘radi.

Umra amallarini tartib bilan va muvaffaqiyat bilan ado etgan ziyoratchilarimiz mehmonxonaga chuqur taassurotlar bilan qaytdi”, — deyiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy sayti xabarida.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Toshkent viloyati umra

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.