» » Novosibirsklik olimlar qadimgi xitoyliklar qachon va nima uchun it yeyishni boshlaganiga aniqlik kiritdi

Скачать Novosibirsklik olimlar qadimgi xitoyliklar qachon va nima uchun it yeyishni boshlaganiga aniqlik kiritdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Novosibirsklik olimlar qadimgi xitoyliklar qachon va nima uchun it yeyishni boshlaganiga aniqlik kiritdi

Novosibirsk davlat universiteti (Rossiya) sharqshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Mariya Kudinova Xitoyning neolit davri marosimlarini o‘rganib, qachon va nima uchun qadimgi xitoyliklar it yeyishni boshlaganiga aniqlik kiritdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib, “TASS”xabar bermoqda.

Foto: EPA

“Itlarning uyga moslashtirilishi va uning go‘shtini taom sifatida ishlatilishiga oid ilk arxeologik manbalar eramizgacha bo‘lgan 8—9-ming yillarga borib taqaladi, — deya ta’kidlaydi Mariya Kudinova. — Ammo ulardan diniy marosimlarda foydalanish neolit davridan (eramizgacha bo‘lgan 7-ming yildan e’tiboran) boshlanganini aytib o‘tish mumkin”.

Olimaning ta’kidlashicha, it qadimgi Xitoy aholisi uchun qo‘riqchi va sherik vazifasini o‘tagan, jumladan, u dunyoda ham. Hayvon qoldiqlarini qabrlar va uylardan topilgani shundan dalolat beradi. Undan tashqari, bunday qoldiqlar maxsus idishlarda ham topilgan, bu esa ularni diniy marosim chog‘ida qurbonlik taomi sifatida foydalanilganini anglatadi.

Vaqt o‘tishi bilan jonivorlar ularning tosh haykallari bilan almashtirilgan, ularning timsollari qabr toshi tarzida qo‘llanila boshlangan. Hozir ham Leychjou yarimorolida shunday an’ana saqlanib qolgan: bu yerdagi qabristonlar, chorrahalar va ibodatxonalar oldida o‘rnatilgan 10 mingga yaqin it timsoli bor.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Novosibirsklik

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.