» » O‘zbekistonlik shaxmatchi Shamsiddin Vohidov JChning 12-turida durang o‘ynadi

Скачать O‘zbekistonlik shaxmatchi Shamsiddin Vohidov JChning 12-turida durang o‘ynadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonlik shaxmatchi Shamsiddin Vohidov JChning 12-turida durang o‘ynadi

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida yakuniga yetib borayotgan shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan aql idrok sohiblari o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Jahon chempionatining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini Shamsiddin Vohidov himoya qilyapti, deb xabar beradi “Olamsport”.

Foto: olamsport.com

Vohidov 14-sentabr kuni o‘tkazilgan 12-tur uchrashuvida durang qayd etdi. Qora donalarda harakat qilgan Shamsiddin o‘zi singari 5 ochkoga ega bo‘lib turgan hindistonlik shaxmatchi Xarsha Bxaratkoti bilan ochkolarni bo‘lishib oldi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi bugun, 15-sentabr kuni o‘tkaziladigan so‘nggi 13-turda Noel Studer bilan hisob-kitob qiladi. So‘nggi tur oldidan Shamsiddin 5,5 ochko bilan turnir jadvalida 39-pog‘onadan joy olgan. Turnir jadvalida 12 imkoniyatdan 9,5 ochko jamg‘argan polshalik grossmeyster Yan-Krzijtof Duda yakka peshqadamlik qilyapti.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.