» » OLX.uz 15-sentabrdan boshlab yangi platformaga o‘tdi

Скачать OLX.uz 15-sentabrdan boshlab yangi platformaga o‘tdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

OLX.uz 15-sentabrdan boshlab yangi platformaga o‘tdi

E’lon berish bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik platforma OLX.uz 2015-yil 15-sentabrdan boshlab yangi internet-platforma va yangi mobil dasturga o‘tdi. Bu haqda OLX.uz “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: olx.uz

Nima o‘zgardi va bu nima uchun qilinmoqda?

Servisning eng asosiy vazifasi sotuvchi va xaridorga ular muvaffaqiyatli bitim tuzishlarida yordam berishdan iborat. Barcha o‘zgarishlar foydalanuvchilar bildirgan fikr-mulohazalarga va eng yirik xorijiy e’lon berish platformalari tajribasiga tayangan holda kiritilgan. Takomillashtirishlar quyidagilarga yo‘naltirilgan:

  • e’lon qo‘shish osonlashdi;
  • qidiruv samaraliroq bo‘ldi;
  • sotuvchi va xaridor o‘zaro aloqa o‘rnatishi tezlashdi;
  • yangi oddiy va tushunarli interfeys;
  • telefon raqami yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin;
  • Android va iOS uchun yangi qulay dasturlar.

Yangi platformaga o‘tish yanada sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish imkonini beradi: sotuvchi va xaridorlar jahon talablari darajasidagi eng ilg‘or yutuqlar va loyiha ishlanmalaridan foydalana oladi.

“Jahon talablari darajasidagi, ko‘plab mamlakatlarning ko‘p millionli foydalanuvchilari tekshiruvchidan o‘tgan yangi platformaning tatbiq etilishi nafaqat OLX.uz, balki butun O‘znet yangi bosqichga qadam qo‘yganini anglatadi, chunki, bu O‘zbekistonda elektron tijorat rivojlanayotganini tasdiqlaydi. Sifatli va qulay servis, Android va iOS dasturiy ta‘minotlarida tekshirilgan yangi dasturlar foydalanuvchilarga o‘z mollarini tez sotish, kerakli tovar va xizmatlarni topish imkonini beradi”, — deb hisoblaydi OLX O‘zbekiston loyihasi rahbari Vyacheslav Kan.

Foto: olx.uz

Platformaning yangi imkoniyatlariga, avvalambor, qulay va samarali qidiruvni kiritish mumkin. Qidirganingizni topish ancha osonlashdi! Mobil aloqa imkoniyatlari ham sezilarli darajada kengaygan – interfeys shunchalik tushunarliki, bu bilan oldin to‘qnashmagan odamlar ham yangi dasturni oson o‘zlashtira oladi. “Yordam” axborot bo‘limi ham sezilarli darajada kengaytirilgan bo‘lib, undan sayt ishi bilan bog‘liq bo‘lgan deyarli barcha masalalar bo‘yicha javob va maslahatlarni, shu jumladan man etilgan tovarlar va xizmatlarning to‘liq ro‘yxati hamda OLX’da xavfsiz sotish va xarid qilish yuzasidan tavsiyalarni topish mumkin.

Yangilanish amalga oshirilgach, barcha faol e’lonlar yangi platformaga ko‘chirildi. Telefon raqamlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan barcha akkauntlar oldingi loginlari va parollari bo‘yicha faolligicha qoldi. Foydalanuvchilarning shaxsiy kabinetlarida mavjud bo‘lgan va pullik xizmatlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan RB (reklama bonuslar) akkauntlarning yangi platformadagi hisob varaqlarga o‘tkazildi, ammo so‘mda aks ettiriladi: 1 RB hisobni to‘ldirish vaqtidagi kabi 1000 so‘mga teng.

OLX’dagi asosiy o‘zgarishlar to‘g‘risida ushbu sahifa orqali batafsil ma‘lumot olish mumkin.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: OLX.uz

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.