» » Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasi o‘z ishini boshlamoqda

Скачать Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasi o‘z ishini boshlamoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasi o‘z ishini boshlamoqda

15-sentabr, seshanba kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida tashkilot Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi. BMT tarixidagi voqealarga eng boy davr bo‘lishi kutilayotgan yillik siklga bosh kotib Pan Gi Mun va ushbu sessiya raisi etib saylangan daniyalik diplomat Mogens Likketoft oq fotiha beradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

 

70-sessiya kun tartibidan 170 ta mavzu, jumladan, tinchlik va xavfsizlikni saqlash, qurolli mojarolarning oldini olish, terrorizm va irqiy kamsitishga qarshi kurash, atrof-muhitni asrash, yadro qurolini tarqatmaslik tartibiga rioya etish, inson huquqlarini himoya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari o‘rin olgan.

Shuningdek, sessiya boshlab beradigan siyosiy yil davomida BMT bosh kotibini saylash bo‘yicha kampaniya rasman e’lon qilinadi. 2007-yil, 1 yanvardan beri bu lavozimni egallab turgan Pan Gi Munning vakolati 2016-yil, 31 dekabrda yakunlanadi va u uchinchi besh yillik muddatga saylanish huquqiga ega emas.

Bo‘lajak nomzodlar qatorida YuNESKO ijrochi direktori Irina Bokova, BMT Rivojlanish Dasturi rahbari Xelen Klark, Chili yetakchisi Mishel Bachelet, Litva prezidenti Dalya Gribauskayte hamda Daniyaning sobiq bosh vaziri Xelle Torning-Shmidt nomlari ko‘proq tilga olinmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.