» » Toshkentda O‘zbekiston – Ummon hukumatlararo komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

Скачать Toshkentda O‘zbekiston – Ummon hukumatlararo komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentda O‘zbekiston – Ummon hukumatlararo komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida 15-sentabr kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Ummon hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zAxabar bermoqda.

Foto: crossed-flag-pins.com

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo-sanoat, sarmoya, bank-moliya, neft-gaz, kimyo sanoati, yengil sanoat, aviatashuv, sayyohlik, madaniyat, ilm-fan, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, arxiv ishi sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida savdo va iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash, daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar imzolangan. Shuningdek, havo transporti qatnovi, neft-gaz, kimyo, qurilish, oliy ta’lim, sayyohlik, sarmoya kabi sohalarda izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Majlisda O‘zbekiston va Ummon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. Ummon ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi investitsiyaviy muhitga, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga qiziqishi ortib borayotgani qayd etildi, ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.

Savdo, sarmoya, bank-moliya, transport va transport kommunikatsiyalari, fan va madaniyat, logistika, sayyohlik, oziq-ovqat sanoati kabi sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish, Ummon kompaniyalarini O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etish, qo‘shma korxonalarni, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, birgalikda o‘zaro foydali loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ummon delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ham muzokara o‘tkazdi. Mehmonlar General Motors Powertrain Uzbekistan qo‘shma korxonasi hamda Turin politexnika universiteti faoliyati bilan tanishdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.