» » Voznyak: Stiv Jobs Apple’dan o‘z xohishiga ko‘ra ketgan

Скачать Voznyak: Stiv Jobs Apple’dan o‘z xohishiga ko‘ra ketgan в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Voznyak: Stiv Jobs Apple’dan o‘z xohishiga ko‘ra ketgan

Apple kompaniyasi asoschilaridan biri Stiv Voznyak kompaniya asoschisi — Stiv Jobs 1985-yili yangi bosh direktor Jon Skalli bilan kelisha olmagani sabab, Apple’dan haydalgani haqidagi gap-so‘zlarni rad etib chiqdi. Bu haqda “3dnews.ru” xabar bermoqda.

Foto: 3dnews.ru

“Stiv Jobsni kompaniyadan siqib chiqarishmagandi. U o‘zi ketgan. Macintosh’ning muvaffaqiyatsizligidan so‘ng, Jobs maqsadga yeta olmagani sabab oyoqosti bo‘lgan buyuklik hissi va ruhiy muvozanatni yo‘qotishi sabab kompaniyani tark etganini taxmin qilish adolatdan bo‘ladi”, — deb yozdi Stiv Voznyak Facebook’dagi sahifasida.

Voznyakning bu so‘zlari kelasi oydan ekranlarga chiqadigan, Aaron Sorkin sseraniysi asosida rejissor Denni Boyl tomonidan suratga olingan “Stiv Jobs” filmi atrofidagi muhokamalar ayni qizigan pallada paydo bo‘ldi.

Voznyak mazkur filmda maslahatchi sifatida qatnashgan bo‘lib, uni Jobs va Apple haqida 1999-yildan beri (o‘shanda Martin Byork “Kremniy vodiysi qaroqchilari” kartinasini ishlagan edi) suratga olingan eng yaxshi film deb maqtadi.

Qayd etish joiz, Jobsning Apple’dan haydalgani haqidagi omma fikri o‘zidan o‘zi paydo bo‘lmagan. Stiv Jobsning o‘zi 2005-yili Stenford universiteti bitiruvchilari oldida chiqish qilarkan, Apple’ning eng yaxshi ijod namunasi — Macintosh ishlab chiqilganidan bir yil o‘tib, kompaniyadan haydalgani haqida gapirib bergandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Voznya Stiv Jobs Apple

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.