» » Xitoylik o‘smir iPhone 6s uchun buyragini sotishga qaror qildi

Скачать Xitoylik o‘smir iPhone 6s uchun buyragini sotishga qaror qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xitoylik o‘smir iPhone 6s uchun buyragini sotishga qaror qildi

Xitoyning Yanchjou shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro iPhone 6s sotib olish maqsadida buyragini sotishga qaror qildi. China Daily xabariga ko‘ra, familiyasi U (Wu) bo‘lgan yigitga bu g‘oyani uning do‘sti Xuang (Huang) taklif qilgan.

Foto: Global Look

O‘smirlar internetda organlar savdosi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanuvchi agentni topgan. Smartfon olish niyatida bo‘lgan U Nankin shahridagi kasalxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, u yerda U va Xuang agent bilan uchrashishi kerak edi, biroq agent uchrashuvga kelmagan.

Shundan so‘ng U o‘z buyragini sotish fikridan qaytib qolgan va bu haqda do‘sti Xuangga aytgan. Biroq Xuang savdoni bekor qilishdan bosh tortgan, oxir-oqibat U politsiyaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish organlari hozircha yashirinib olgan Xuangni qo‘lga tushira olganicha yo‘q.

2013-yilning oktabrida Shanxayda istiqomat qiluvchi yosh oila qizini sotib, puliga iPhone sotib olgani ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda ishsiz er-xotin tug‘uruqqa yaqin qolganida internetda bolaning sotilishi haqida e’lon bergan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Xitoy iPhone iPhone 6s

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.