» » Meksika hukumati Misrda 8 nafar fuqarosi xatolik tufayli otib o‘ldirilganini tasdiqladi

Скачать Meksika hukumati Misrda 8 nafar fuqarosi xatolik tufayli otib o‘ldirilganini tasdiqladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Meksika hukumati Misrda 8 nafar fuqarosi xatolik tufayli otib o‘ldirilganini tasdiqladi

Meksika hukumati sayyohlar guruhidan bo‘lgan sakkiz nafar fuqarosi Misr markazidagi cho‘lda xatolik tufayli misrlik harbiylar tomonidan otib tashlanganini tasdiqladi, deya xabar bermoqda “TASS” meksikaliklarni xorijda himoya qilish bo‘yicha boshqarma rahbariga tayanib.

Foto: “RBK”

Uning aytishicha, 13-sentabr kuni harbiylar hujumiga uchragan guruhda 14 nafar meksikalik sayyoh bo‘lgan. Ularning olti nafari ayni paytda Qohira tashqarisidagi kasalxonada yotibdi, ularning ahvoli barqaror deya baholanmoqda.

Avvalroq Misr Ichki ishlar vazirligi 12 kishi, xususan, meksikalik sayyohlar va ularga hamrohlik qilayotgan misrlik gidlar kuch tuzilmalari xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgani, sayyohlik guruhining o‘n a’zosi tan jarohati olgani haqida xabar bergandi. Xavfsizlik xizmati xodimlari turistlarni terrorchi deb o‘ylagan.

Keyinroq Meksika Misr hukumatidan misrlik politsiyachilar tomonidan o‘qqa tutilgan meksikalik sayyohlarning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatni izchil tergov qilishni talab etdi.

Misr IIVning aniqlik kiritishicha, hodisa Sharqiy sahrodagi Al-Vahat hududida, politsiya va armiya kuchlari terrorchilarni ta’qib etayotgan vaqtda yuz bergan. Turistlar guruhi tarkibida boshqa mamlakatlarning vakillari bor-yo‘qligi haqida hozircha axborot kelib tushgani yo‘q.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Meksika

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.