» » “Real” YeChLni yirik g‘alaba bilan boshladi, Ronaldu “xet-trik”ka erishdi

Скачать “Real” YeChLni yirik g‘alaba bilan boshladi, Ronaldu “xet-trik”ka erishdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Real” YeChLni yirik g‘alaba bilan boshladi, Ronaldu “xet-trik”ka erishdi

15-sentabr oqshomida Yevropa Chempionlar Ligasi yangi mavsumining guruh bosqichiga start berildi. To‘rtta guruhda 1-tur o‘yinlari o‘tkazildi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.

Foto: mai.ru

Madriding “Real” klubi o‘z maydonida “Shaxtyor”ni qabul qildi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarning uchtasi Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi. Portugaliyalik futbolchi gollarining ikkitasini penaltidan kiritdi.

Kunning eng kutilmagan natijalarini esa Manchester shahrining ikki jamoasi qayd etdi. Angliya chempionatida yo‘qotishsiz borayotgan va jadvalni boshqarayotgan “Siti” o‘z maydonida Italiyada mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlagan “Yuventus”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 1:2. “MYU” esa safarda xuddi shunday hisobda “PSV”ga yutqazdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi. 1-tur.

“A” guruhi
“Real” (Madrid, Ispaniya) – “Shaxtyor” (Ukraina) 4:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Benzema, 2:0 – 54, penalti Ronaldu, 3:0 – 63, penalti Ronaldu, 4:0 – 81 Ronaldu.
Chetlatish: Stepanenko (50, “Shaxtyor”).

PSJ (Fransiya) – “Malmyo” (Shvetsiya) 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Di Mariya, 2:0 – 61 Kavani.

“B” guruhi
“Volfsburg” (Germaniya) – SSKA (Rossiya) 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 40 Draksler.

PSV (Gollandiya) – “Manchester Yunayted” (Angliya) 2:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 41 Depay, 1:1 – 45 Moreno, 2:1 – 57 Narsinx.

“C” guruhi
“Galatasaroy” (Turkiya) – “Atletiko” (Ispaniya) 0:2
Gollar: 0:1 – 18 Grizmann, 0:2 – 25 Grizmann.

“Benfika” (Portugaliya) – “Astana” (Qozog‘iston) 2:0
Gollar: 1:0 – 51 Gaytan, 2:0 – 62 Mitroglu.

“D” guruhi
“Manchester Siti” (Angliya) – “Yuventus” (Italiya) 1:2 (0:0)
Gollar: 1:0 – 57, avtogol Kyellini, 1:1 – 70 Manjukich, 1:2 – 81 Morata.

“Sevilya” (Ispaniya) – “Borussiya M” (Germaniya) 3:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 47, penalti Gameyro, 2:0 – 66, penalti Banega, 3:0 – 84 Konoplyanka.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Real YeChL

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.