» » Qozog‘iston prezidentining qizi muddatidan oldin deputatlik vakolatlaridan ozod etildi

Qozog‘iston prezidentining qizi muddatidan oldin deputatlik vakolatlaridan ozod etildi

16-sentabr kuni Qozog‘iston parlamenti majlisi deputat Darig‘a Nazarboyevaning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish haqida qaror qabul qildi, bu uning respublika hukumatiga o‘tishi bilan bog‘liq. Bu haqda deputat Muxtor Tinikeyevga tayanib, “Nur.kz” xabar bermoqda.


U Facebook’dagi sahifasida yozishicha, hamkasblari Darig‘a Nazarboyevaga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolgan. “Darig‘a Nazarboyeva ko‘plab ijtimoiy loyihalar kiritdi, Qozog‘istondagi muammoli masalalarni ko‘tarib chiqdi”, — deya qayd etdi Tinikeyev.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 11-sentabr, juma kuni o‘z qizi Darig‘a Nazarboyevani mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlash haqidagi hujjatni imzolagan edi.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.