» » O‘zbekistonlik tennischi Shofayziyev Tehrondagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekistonlik tennischi Shofayziyev Tehrondagi ishtirokini yakunladi

Eron poytaxti Tehron shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat turnirning asosiy to‘r bahslari boshlandi, deb xabar beradi “Olamsport”.


Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Shonig‘mat Shofayziyev ham ishtirok etayotgan edi.

Afsuski, o‘zbekistonlik tennischi ilk davradayoq mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Mezbon tennischi Moin Muhammadiga qarshi kortga chiqqan Shofayziyev raqibiga 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Eronlik tennischi imtiyozli yo‘llanma asosida asosiy to‘rga qo‘yilgani ham diqqatga sazovor.


Manba: Daryo.uz






Метки: Shofayziyev Tehrondagi

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.