» » Ucell kompaniyasi ICT Expo 2015 Axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi yakunlariga ko‘ra faxriy mukofotga sazovor bo‘ldi

Скачать Ucell kompaniyasi ICT Expo 2015 Axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi yakunlariga ko‘ra faxriy mukofotga sazovor bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Ucell kompaniyasi ICT Expo 2015 Axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi yakunlariga ko‘ra faxriy mukofotga sazovor bo‘ldi

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida 15—17-sentabr kunlari Toshkent va Samarqandda ICT Expo 2015 An’anaviy axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma ishtirokchilari soni Toshkentda 120, Samarqandda 50 ta kompaniyani tashkil etdi. Toshkentda uch kun va Samarqandda ikki kun davom etgan ko‘rgazmaga 18 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdi. Bir necha yillar davomida, ko‘rgazmadagi ishtiroki doirasida, Ucell kompaniyasi stendi “Eng ko‘p tashrif buyurilgan” stend sifatida e’tirof etilgan. An’anaga ko‘ra, bu yil ham Ucell stendi Samarqandda bunday nomga erishdi. O‘z navbatida, ushbu mukofot millionlab abonentlarning Ucell’ga ishonishi va uni tanlashini bildiradi.

Foto: Ucell

Iste’molchilar segmenti departamenti direktori Agshin Gajiyev Ucell’ning ko‘rgazmadagi ishtirokini quyidagicha izohladi:Biz har yili Ucell’ning yangi va ilg‘or texnologiyalari, mahsulotlari va qulay servislarini namoyish qilish uchun ko‘rgazmada qatnashamiz. Shuningdek, ko‘rgazma jonli dialog shaklida abonentlar bilan muloqotda bo‘lish, ularning istaklari bilan yaqinroq tanishish imkonini beradi. Bu yil ham bizni Samarqandda “Eng ko‘p tashrif buyuriluvchi stend” sifatida tanlashdi, bu shundan darak beradiki, iste’molchilarning bizga nisbatan qiziqishi nafaqat poytaxtda, balki mamlakat hududlarida ham kundan-kunga ortib bormoqda. Biz ishonch bilan ayta olamizki, kompaniyamizga nisbatan ishonch yuqori darajada turibdi. Biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Oldinda bizni kuz kutib turibdi — demakki, abonentlarimizning sevimli kompaniyasidan ko‘p muloqot va qiziqarli aksiyalar taqdim etiladi”.

Foto: Ucell

Bu safar ham Ucell’ning kreativ jamoasi ko‘rgazmadagi ishtirokiga original tarzda, va mobil texnologiyalar sohasidagi so‘nggi zamonaviy trendlarni hisobga olgan holda yondashdi. Ucell kompaniyasining Samarqanddagi stendi tashrifchilarni joriy ommabop xizmatlar, shuningdek, korporativ mijozlarga mo‘ljallangan takliflar bilan o‘ziga jalb qildi. Toshkentdagi Ucell stendi qiziqarli tanlovlar va o‘zining eng ommabop mavzusi — Internet bilan esda qoldi. Bu yil Ucell stendidagi deyarli barcha faolliklar Internetga: Ucell’ning manfaatli tarif rejalari tufayli yuzaga kelgan hammaboplik hamda uning cheksiz imkoniyatlariga bag‘ishlandi.

Foto: Ucell

Ucell kompaniyasi har bir abonentga brendni tanlaganligi va unga ishonganligi uchun minnatdorlik bildiradi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.