» » Tojikiston hukumati muxolifatni teraktlar tayyorlashda aybladi

Скачать Tojikiston hukumati muxolifatni teraktlar tayyorlashda aybladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Tojikiston hukumati muxolifatni teraktlar tayyorlashda aybladi

Tojikistonning “Safina” davlat telekanali orqali muxolifatdagi Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi (TIUP)ni bir qator davlat muassasalariga hujumlarni uyushtirishda ayblovchi ko‘rsatuv efirga uzatildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: “RBK”

Xususan, ko‘rsatuvda qayd etilishicha, TIUP Tojikiston televideniyesining Birinchi kanali, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binolarini, shuningdek, Dushanbe xalqaro aeroportini egallab olishni rejalashtirgan. Bunga dalil sifatida TIUPning Dushanbedagi idorasidan olingan hujjatlar ko‘rsatilgan.

Telekanal tomonidan, shuningdek, go‘yoki TIUP siyosiy kengashi tomonidan tayyorlangan va partiya tarafdorlariga qaratilgan murojaat matni ham ko‘rsatilgan, unda “bir necha kundan so‘ng Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tuzumiga qarshi kurashga turish” chaqiruvi bor.

17-sentabr kuni Tojikistonda TIUPning 13 faoli, xususan, partiya rahbariyati a’zolari hibsga olindi. Ular mamlakat mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, general Abduhalim Nazarzoda tomonidan tashkil etilgan noqonuniy qurolli guruhga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

4-sentabr kuni Abduhalim Nazarzoda mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimidan “jinoyatlar sodir etgani uchun” bo‘shatilgan edi. Shundan so‘ng, Dushanbe va Vahdatdagi militsiya postlariga ketma-ket hujumlar yuz berdi.

Keyinchalik Tojikiston hukumati mazkur hujumlar ortida Nazarzoda boshliq to‘da turganini e’lon qildi va bir yarim hafta davomida Ramit darasida isyonchilarga qarshi qurolli kurash olib borildi. 16-sentabr kuni Nazarzoda yo‘q qilingani rasman tasdiqlandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Tojikiston hukumati

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.