» » Toshkentdagi Biznes markazda ro‘y bergan yong‘in guvohi hayotini saqlab qolgan qutqaruv operatsiyasi haqida gapirib berdi

Скачать Toshkentdagi Biznes markazda ro‘y bergan yong‘in guvohi hayotini saqlab qolgan qutqaruv operatsiyasi haqida gapirib berdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentdagi Biznes markazda ro‘y bergan yong‘in guvohi hayotini saqlab qolgan qutqaruv operatsiyasi haqida gapirib berdi

O‘tgan hafta yong‘indan zarar ko‘rgan 12 qavatli ofis binosida qolib ketgan uch kishidan biri “Gazeta.uz” nashriga hayotlarini saqlab qolgan qutqaruv operatsiyasi haqida gapirib berdi.

Foto: “Gazeta.uz” / Sergey Drozdov

Virsaviya-Projekt loyihaviy tashkiloti ta’sischisi Sergey Drozdov Amir Temur ko‘chasidagi 25-raqamli binoning 11-qavatida qolgan so‘nggi kishi edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t o‘chirish va boshqa xizmatlar amalga oshirgan chora-tadbirlar tufayligina hodisa ayanchli oqibatlarsiz yakun topgan.

Drozdov bir erkak va bir qiz bilan 11-qavatdagi yarim ochiq balkonda yong‘indan jon saqlashga intilgan va ko‘chada turgan qutqaruvchi va guvohlarga turli yo‘llar bilan signallar bera boshlagan. Zaharli tutun tufayli ular binodan chiqib keta olmagan.

“10 daqiqadan so‘ng kuchli kislorod yetishmovchiligi boshlandi, sarosima va o‘z hayotimiz uchun kuchli xavotir yuzga keldi”, — dedi u.

O‘t o‘chiruvchilar guruhi yong‘in o‘chog‘iga yetib kelganidan besh daqiqa o‘tib, bino to‘liq qurshab olindi va so‘ndirildi. Yong‘in boshlanganidan yarim soat o‘tib esa, Drozdov va uning hamrohlari yoniga ikki qutqaruvchi yetib kelgan va evakuatsiya yo‘rig‘ini tezgina tushuntirib bergan. Ular kiyimlarini ichimlik suviga namlab, uni yuzlariga niqob sifatida qo‘llagan va besh kishi qo‘l berishib pastga tusha boshlagan. Nafas oladigan havo bo‘lmagani sababli o‘t o‘chiruvchilar vaqti-vaqti bilan niqoblarini yechib, ularga dam berib turgan.

Binodan chiqqach, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, keyinroq ularni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazishgan, u yerda ularni to‘liq hushiga keltirib, ko‘rikdan o‘tkazib, uyiga yuborishgan.

Drozdov hodisadan omon chiqqani uchun maxsus xizmatlardan minnatdor ekanligini izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, Oloy bozori yaqinidagi Biznes markazda 18-sentabr kuni yong‘in ro‘y bergan edi. Keyinroq Ichki ishlar vazirligi yong‘in binoning isitish tizimida olib borilgan payvandlash ishlari paytida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida kelib chiqqanligini aniqlab, qurbonlar va jarohat olganlar yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Toshkentdagi Biznes

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.