» » Rossiyalik milliarder uchun jahondagi eng katta yelkanli yaxta tayyorlandi

Скачать Rossiyalik milliarder uchun jahondagi eng katta yelkanli yaxta tayyorlandi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Rossiyalik milliarder uchun jahondagi eng katta yelkanli yaxta tayyorlandi

Forbes tanlovi bo‘yicha Rossiya boylari orasida 13-o‘rinda turuvchi milliarder Andrey Melnichenko uchun qurilgan jahondagi eng katta Sailing Yacht A yelkanli yaxtasi suvga tushirildi va Germaniya shimolida sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: The Telegraph

Yaxtaning uzunligi 142 metr, balandligi esa 91 metrga yaqin. Jahondagi eng katta yelkanli kemaning umumiy maydoni 1767 kvadrat metrga teng bo‘lib, unda sakkizta paluba va bitta suvosti tomosha maydonchasi bor. Yaxtaning bahosi taxminan 404 million dollarga teng. U 20 nafar mehmon va ekipajning 54 nafar a’zosiga mo‘ljallangan.

Yelkanlardan tashqari ushbu yaxta soatiga 24 mil tezlikda harakatlanish imkonini beruvchi dizel-elektr gibrid dvigatel bilan ta’minlangan. Qayd etishlaricha, Melnichenkoning “A” nomli megayaxtasi ham bor, biroq u yelkanli emas, motorli edi.

The Telegraph’ning qayd etishicha, yelkansiz yaxtalar orasida kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi, uzunligi 163 metr bo‘lgan Eclipse ham boshqa bir rossiyalik milliarder — Roman Abramovichga tegishli.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Rossiyalik milliarder

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.