» » Di Mariya Lionel Messining xarakteri haqida fikr bildirdi

Скачать Di Mariya Lionel Messining xarakteri haqida fikr bildirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Di Mariya Lionel Messining xarakteri haqida fikr bildirdi

Fransiyaning “PSJ” futbol klubi va Argentina milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya vatandoshi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

“Leoni ta’riflashga so‘z ojiz. Sovrinlar va futbolni hisobga olmay aytamanki, u buyuk shaxs va ajoyib do‘st”, — dedi Di Mariya.

“U barcha ishlarni zavq bilan amalga oshirgani uchun ham shunday yutuqlarga erishdi, bunga ishonchim komil. U o‘zining sevimli uslubida to‘p suradi va o‘zini ommaga namoyish etadi”, — dedi yarim himoyachi.

“U maydonda qanday bo‘lsa, hayotda ham shunday: bosiq va juda yaxshi inson. U nimaiki sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, barchasiga haqlidir”, — deya qo‘shimcha qildi Anxel Di Mariya.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Di Mariya Lionel Messi

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.