» » Ukrainada bir hafta mobaynida selfi tushmoqchi bo‘lgan uch yigit halok bo‘ldi

Ukrainada bir hafta mobaynida selfi tushmoqchi bo‘lgan uch yigit halok bo‘ldi

Ukraina poytaxti Kiyevda ikki yigit selfiga tushishga urinayotganda halok bo‘ldi. Hodisalar 19-sentabr, shanba kuni ro‘y berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.


24 yoshli Kiyev fuqarosi erta tongda “Kiyev-Moskovskiy” temiryo‘l vokzali bekatida elektr poyezdi tomiga chiqadi, ammo suratga tushishga ulgurmay, elektr kuchlanish simlariga tegib ketib, kuchli razryad oladi. Shu kuni kechki payt 18 yoshli yigit “Kiyev-Petrovka” temiryo‘l bekatida selfi tushish uchun poyezd sisternasi ustiga chiqadi, ammo u ham tok urib, halok bo‘ladi.

Bundan bir hafta oldin, 13 sentabrda ham Kiyev viloyatining “Pereyaslavskiy”  temiryo‘l bekatida 18 yoshli talaba yigit vagon ustida selfi qilmoqchi bo‘lganida tok urib, hayotdan ko‘z yumgandi.


Manba: Daryo.uz


Метки: Ukrainada bir hafta

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.