» » Loran Fabius: Bashar Asadning IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilishi samara bermaydi

Loran Fabius: Bashar Asadning IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilishi samara bermaydi

Suriya prezidenti Bashar Asadning IShIDga qarshi kurashadigan koalitsiyaga jalb etilishi samara bermaydi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius Yevropadagi bir qator nashrlarga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.


Iyun oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya rahbariyati va mintaqadagi davlatlar, jumladan, Turkiya, Iordaniya va Saudiya Arabistonini IShIDga qarshi kurashda birlashishga chaqirgan edi. Rossiyaning taklifini sharhlar ekan, Fabius “Moskva istayotgani kabi koalitsiyaga Bashar Asadni qanday qo‘shish mumkin? Suriyada birdamlikka erishish uchun yechim sifatida shuncha uqubatlarga javobgar bo‘lgan shaxsni ko‘rsatish sarobdan bo‘lak narsa emas. Bunda nafaqat axloq, balki samara masalasi ham bor. Agar Bashar Asadni Suriyaning kelajagi deb tasavvur etilsa, muzokaralar barbod bo‘lishga mahkum”, — deya ta’kidlagan.

Vazir Suriyada Iroqdagi vaziyat takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, buning uchun mamlakatda milliy birdamlik hukumati tuzib, uning ishiga terrorchilikni inkor etadigan kuchlarni jalb etish lozimligini bildirgan.


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.