» » 2015-yil davomida akulalar hujumidan ko‘ra selfiga tushishdan ko‘proq odam o‘ldi

Скачать 2015-yil davomida akulalar hujumidan ko‘ra selfiga tushishdan ko‘proq odam o‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

2015-yil davomida akulalar hujumidan ko‘ra selfiga tushishdan ko‘proq odam o‘ldi

Mashable portalining xabar berishicha, 2015-yil davomida selfiga tushish vaqtida halok bo‘lganlar soni akulalar hujumi natijasida qurbon bo‘lganlar sonidan ko‘proq bo‘ldi. Birgina ingliz tilidagi nashrlarda fotosuratga tushish natijasida halok bo‘lganlar haqidagi xabarlar dengiz yirtqichlari hujumi natijasida o‘lim topganlar to‘g‘risidagi axborotlardan ko‘proq bo‘lgan.

Foto: TJ

Akulalarning odamlarga hujumi bilan bog‘liq barcha hodisalar haqidagi xabarlarni to‘plab boruvchisharkattacksurvivors.com portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yili akulalarning jag‘lari butun jahon bo‘ylab jami sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Ayni vaqtda, Mashable portali ingliz tilidagi matbuotda selfiga tushish natijasida vafot etganlar bilan bog‘liq kamida 12 hodisani aniqlagan. G‘arb matbuotidagi so‘nggi yirik shov-shouv 18-sentabr kuni qayd etilgan — shu kuni 66 yoshli yaponiyalik sayyoh do‘sti bilan birga Toj-Mahalda suratga tushish vaqtida halok bo‘lgandi.

Biroq, TJ’ning qayd etishicha, mazkur ma’lumotlarni to‘liq deb bo‘lmaydi. 5-iyul kuni Rossiya nashrlari2015-yilda jahon bo‘ylab “selfidan” kamida 50 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi. 28-avgust kuni “RIA Novosti” agentligi birgina Rossiyaning o‘zida 2015-yil boshidan beri avtoportret olish bilan bog‘liq 100 ga yaqin baxtsiz hodisa qayd etilgani, ularning “bir necha o‘ntasida” odamlar halok bo‘lgani haqida yozgandi.

Bu boradagi statistikani yuritishning murakkabligi shundaki, OAV hodisaga bilvosita aloqador bo‘lgan yoki umuman aloqador bo‘lmagan vaziyatlarni ham selfiga tushish bilan bog‘lashga urinadi. Masalan, 10-iyul kuni “Moskva-Siti” majmuasidagi osmono‘par binodan qulash oqibatida halok bo‘lgan qizning qarindoshlari uning “selfi natijasida halok bo‘lgani” haqidagi gap-so‘zlar rossiyalik jurnalistlarning uydirmasi ekanligini ma’lum qilgandi.

Shunga qaramay, “selfidan o‘lish”ning global statistikasiga qarab, uni jiddiy muammo deb hisoblab bo‘lmaydi. Birgina AQShning o‘zida 2015-yil davomida baxtsiz hodisalar natijasida 90 mingga yaqin odam, yashin urishidan 59 kishi, daraxt ag‘anashidan 108 kishi, yotoqda sigaret chekish oqibatida esa 565 kishi halok bo‘lgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: 2015-yil davomida

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.