» » Namangan shahrida “Hindiston yarmarkasi” deb nomlangan savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Скачать Namangan shahrida “Hindiston yarmarkasi” deb nomlangan savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Namangan shahrida “Hindiston yarmarkasi” deb nomlangan savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Namangan shahrida “Hindiston yarmarkasi” deb nomlangan savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Namangan shahri. Foto: O‘zA

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Hindiston hunarmandlik buyumlari eksportini rivojlantirish kengashi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada hind diyorining tikuvchilik, yog‘och o‘ymakorligi, uy-ro‘zg‘or, zargarlik, esdalik sovg‘alari kabi milliy hunarmandlik buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yigirmadan ziyod firma va kompaniyasi mahsulotlari namoyish etildi.

– O‘zbekiston va Hindiston xalqlarining madaniy, iqtisodiy aloqalari mustahkam tarixiy asosga ega, – deydi Hindistonning HAD Product kompaniyasi direktori Safi Arshad. – Xalqlarimiz tarixi, madaniyati, adabiyoti va san’atida mushtarak jihatlar ko‘p va bu, ayniqsa, ulkan shoir Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bog‘liq. Binobarin, bir necha yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur ko‘rgazma savdo-iqtisodiy aloqalarimizning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Ko‘rgazma davomida ikki mamlakat tadbirkor va ishbilarmonlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida shartnoma va kelishuv bitimlari imzolandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.