» » “Bilayn” mijozlar pullarini o‘marishga urinishda xodimlarining qo‘li borligini tan oldi

Скачать “Bilayn” mijozlar pullarini o‘marishga urinishda xodimlarining qo‘li borligini tan oldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Bilayn” mijozlar pullarini o‘marishga urinishda xodimlarining qo‘li borligini tan oldi

Rossiyaning “VimpelKom” kompaniyasidagilar o‘z xodimlarining mijozlar pullarini o‘g‘irlashga urinishga aloqador ekanligini tan oldi, deya xabar bermoqda “RBK” operator-kompaniya vakiliga tayanib.

Foto: Reuters

Avvalroq, 21-sentabr kuni Mindshare Russia agentligi raqamli texnologiyalar direktori va Tinkoff Digital sobiq bosh direktori Anna Znamenskaya Facebook’dagi akkauntida “Bilayn” operatori tizimida faoliyat olib boruvchi potensial “jinoiy guruh” haqida yozgan edi. Znamenskaya so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oy ichida uning “Bilayn” sim-kartasini to‘rt marta noma’lum shaxslarga berib yuborishgan.

Ushbu firibgarliklar natijasida Znamenskayaning pochta manzillari va “Yandeks. Dengi” hamyoniga xakerlik hujumi uyushtirilgan.

Operator kompaniyada o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, Omskda haqiqatan ham, ularning sobiq xodimi boshchiligidagi “jinoyatchilar guruhi” faoliyat olib borgani aniqlandi: ular sobiq hamkasblari ishonchidan foydalangan holda, sim-kartaning navbatdagi dublikatini qo‘lga kiritgan.

“VimpelKom” vakili qayd etishicha, ular ushbu kishilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘ash uchun huquqni himoya qilish organlariga ariza bergan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Bilayn mijozlar

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.