» » Denis Istomin Sankt-Peterburgdagi turnirning juftliklar bahsini g‘alaba bilan boshladi

Скачать Denis Istomin Sankt-Peterburgdagi turnirning juftliklar bahsini g‘alaba bilan boshladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Denis Istomin Sankt-Peterburgdagi turnirning juftliklar bahsini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million 30 ming dollarni tashkil qiluvchi turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Foto: “Olamsport”

Istomin kecha, 22-sentabr kuni tunda juftliklar musobaqasining ilk davrasida kortga chiqdi. Belaruslik Aleksandr Buriy bilan juftlik hosil qilgan Istomin avstriyalik Andreas Xayder-Maurer hamda slovakiyalik Igor Zelenay hamkorligini 4:6, 7:6, tay-brekda 10:8 hisobida taslim etdi.

Bugun, 23-sentabr kuni Denis ushbu turnirning yakkalik bahslari ilk bosqichida qozog‘istonlik Mixail Kukushkinga qarshi kortga chiqadi. Kukushkin turnirda 8-raqam ostida tasniflangan bo‘lib, dunyo reytingida 48-pog‘onadan joy olgan. Istomin esa 62-o‘rinni egallab turibdi.

Ushbu juftlik g‘olibi ikkinchi davrada katta ehtimol bilan germaniyalik Benjamin Bekker bilan to‘qnash keladi. Bekker ilk davrada qozog‘istonlik Andrey Golubev bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. St.Petersburg Open turniri g‘olibi 187 350 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.