» » OAV: Nyu-Yorkda Rim papasi xavfsizligini 45 ming politsiyachi ta’minlaydi

Скачать OAV: Nyu-Yorkda Rim papasi xavfsizligini 45 ming politsiyachi ta’minlaydi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

OAV: Nyu-Yorkda Rim papasi xavfsizligini 45 ming politsiyachi ta’minlaydi

24—25-sentabr kunlari Nyu-Yorkda papa Fransiskning xavfsizligini 45 ming politsiyachi va boshqa huquqni muhofaza qilish organi xodimlari ta’minlaydi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Foto: Pool via AP

AQSh Maxfiy xizmati sobiq xodimi Deyv Uilkinsonning CNN telekanaliga bergan intervyusida tashrif oldidan o‘n oy davomida xavfsizlik uchun mas’ul shaxslar tomonidan tahdidning barcha variantlari ko‘rib chiqilganligini ma’lum qildi.

Oldinroq AQSh maxsus xizmatlari Rim papasiga uyushtirilishi rejalashtirilgan suiqasdning oldini olganixabar berilgan edi.

Papa Fransisk 25-sentabr kuni sammitdagi chiqishidan tashqari Nyu-Yorkdagi 40 soatlik tashrifi mobaynida muzey va 11-sentabrdagi terrorchilik harakati qurbonlarining Manxettendagi yodgorligiga tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, 22-sentabr kuni AQShga tashrif buyurgan Rim papasini shaxsan Barak Obama samolyot trapida kutib oldi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.