» » Toshkentda sellofanga o‘ralgan Matiz sotuvga chiqdi (foto)

Скачать Toshkentda sellofanga o‘ralgan Matiz sotuvga chiqdi (foto) в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentda sellofanga o‘ralgan Matiz sotuvga chiqdi (foto)

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga Sirg‘ali bozorida sotuvga qo‘yilgan Matiz avtomashinasi surati joylandi, unda avtomobil sellofanga o‘rab qo‘yilganini ko‘rish mumkin. Post foydalanuvchilarning qizg‘in bahslariga sabab bo‘ldi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Fikr bildirganlarning ko‘pchiligi hazilomuz qochirimlar qilgan. Chunonchi, kimdir Matizga kostyum-shim kiydirib qo‘yishni tavsiya qilgan bo‘lsa, boshqasi g‘ildiraklari ostiga g‘isht yetishmayotganini pisanda qilgan, yana biri gilam ham to‘shab qo‘yish kerakligini yozgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Ba’zi foydalanuvchilar esa bu yerda kuladigan narsa yo‘qligi, Matiz tez chang bo‘ladigan rangda ekanligi tufayli vaqtinchalik o‘rab qo‘yilganligi — bu esa oddiy hol ekanligini ta’kidlagan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Guruh a’zolarining ba’zilari mashinasini reklama qilib berganliklari uchun Matiz egasidan ziyofat undirish kerak ekanligini hazilomuz qayd etgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Toshkentda Matiz sotuvga

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.