» » “Rossiya temir yo‘llari” O‘zbekistonga chipta narxlarini deyarli yarmiga pasaytirdi

Скачать “Rossiya temir yo‘llari” O‘zbekistonga chipta narxlarini deyarli yarmiga pasaytirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Rossiya temir yo‘llari” O‘zbekistonga chipta narxlarini deyarli yarmiga pasaytirdi

2015-yil sentabridan boshlab yo‘lovchilar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida qatnovchi poyezdlarga 45 foizgacha chegirma bilan chipta olishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi “Novosti Uzbekistana”

Foto: “Rupoezd.ru”

O‘zbekistondan keladigan poyezdlar uchun maxsus taklif 2015-yil 30-noyabriga qadar kuchda bo‘ladi. Rossiyadan jo‘natiladigan poyezdlarga esa chegirma 2015-yil 1—24-dekabr kunlari joriy etiladi.

Chegirmalar foizi ikkala yo‘nalishda ham bir xil, vagon turi yoki bilet qachon xarid qilinganiga qarab, 25 dan 45 foizgacha bo‘lishi mumkin. Masalan, kupe va SV vagonlariga bilet uchun chegirma 45 sutkadan 31 sutkagacha oldinroq xarid qilinsa, 45 foiz, 30 sutkadan 6 sutkagacha avval sotib olinsa, 35 foizga teng bo‘ladi.

Platskarta vagonlari uchun eng yuqori chegirma 35 foizga teng va poyezd jo‘nashidan 45 sutkadan 31 sutkagacha oldin sotib olinganda amalda bo‘ladi. Mabodo bilet 30 sutkadan 6 sutkacha avval xarid qilinsa, chegirma 25 foizga teng bo‘ladi. Platskarta, kupe va SV vagonlariga 5 kun oldin yoki undan kamroq muddatda bilet olinsa, 5 foizlik ustama qo‘llaniladi.

Chegirma va ustamalar bir mamlakat hududida harakatlanayotgan poyezdlar, shuningdek, yo‘lovchilarning tashkillashtirilgan guruhiga tatbiq etilmaydi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.