» » Burkina-Fasoning ag‘darilgan prezidenti ishga qaytdi

Burkina-Fasoning ag‘darilgan prezidenti ishga qaytdi

O‘tgan hafta harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyatdan chetlatilgan Burkina-Fasoning muvaqqat prezidenti Mishel Kafando yana prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda “RIA Novosti”xabar bermoqda.


“Men ishga qaytdim. O‘tish davri hukumati ham o‘z faoliyatini qayta boshladi va shu daqiqadan boshlab mamlakatdagi hokimiyat unga tegishli”, — dedi Kafando mamlakat Tashqi ishlar vazirligida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida.

Avvalroq harbiy to‘ntarish yetakchilari va hukumatga sodiq qo‘shinlar poytaxt Uagaduguda qon to‘kilishini oldini olish borasida kelishuvga erishgani ma’lum bo‘lgandi.

Kelishuvga asosan, isyonchilar Burkina-Faso poytaxtini tark etib, o‘z kazarmalariga qaytishlari kerak. Hukumatga sodiq harbiy bo‘linmalar esa Uagadugudan 50 kilometrga uzoqlashishi ko‘zda tutilgan.


Manba: Daryo.uz






Метки: Burkina-Fasoning

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.