» » Misr prezidenti “Al-Jazira” telekanali muxbirini avf etdi

Скачать Misr prezidenti “Al-Jazira” telekanali muxbirini avf etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Misr prezidenti “Al-Jazira” telekanali muxbirini avf etdi

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiyning farmoniga muvofiq, uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan “Al-Jazira” telekanalining Qohiradagi muxbirlik punkti rahbari Muhammad Fahmiy ozodlikka chiqariladigan bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Kanada fuqaroligiga ega mazkur misrlikning ismi Qurbon Hayiti munosabati bilan e’lon qilingan umumiy avf (amnistiya)ga tushgan va 100 mahbusdan iborat ro‘yxatda bor. Undan tashqari, 2013-yil dekabrida ko‘cha namoyishlari to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblanib, hibsga olingan Misrda taniqli shoir va yozuvchi Umar Xazek ham ozodlikka chiqadi.

Amnistiya to‘g‘risidagi mazkur farmon asosida ozodlikka chiqarilayotganlarning aksariyati turli yillarda aynan ko‘cha namoyishlari to‘g‘risidagi qonun talablarini buzganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. Ular orasida 2014-yili prezident saroyi oldida siyosiy mahbuslarni ozod etishga qaratilgan namoyish vaqtida qo‘lga olingan va ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgan huquq himoyachisi bo‘lgan ayol — San’a Sayf ham bor.

Avf ro‘yxatidan jami 16 nafar ayol o‘rin olgan. As-Sisiyning shaxsiy ko‘rsatmasiga muvofiq, ularning barchasi 23-sentabrning o‘zida ozodlikka chiqarilishi lozim.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Misr Al-Jazira

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.