» » O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda

Скачать O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda

O‘zbekiston Prezidentining 2015-yil 18-sentabrdagi “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xayr-saxovat, o‘zaro yordam kabi ezgu amallar bajariladigan ayyomni munosib o‘tkazish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Tegishli idora va tashkilotlar tomonidan tinchlik-osoyishtalikni saqlash, hayit namozi o‘qiladigan masjidlarda jamoat tartibini, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda aholiga transport xizmati ko‘rsatish tadbirlari amalga oshirildi.

Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatdagi barcha mahallalarda ushbu xayru saxovat, mehr-oqibat, shukronalik ayyomini bayramona kayfiyatda kutib olish va o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Bayram arafasida “Nuroniy” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar hamkorligida Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylariga homiylik yordamlari ko‘rsatildi. Yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, bemorlar holidan xabar olinib, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘zbekistonda Qurbon

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.