» » BMW Janubiy Koreyadan 55 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi

Скачать BMW Janubiy Koreyadan 55 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

BMW Janubiy Koreyadan 55 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi

BMW avtomobillarining Janubiy Koreyada importi bilan shug‘ullanuvchi BMW Korea kompaniyasi 55 737 mashinani chaqirib olishga qaror qildi. Bu haqda “Interfaks”ning Janubiy Korea Yer, infratuzilma va transport vazirligidan olgan ma’lumotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: ctv News

Avtomobillarni chaqirib olishdan maqsad gaz taqsimlash mexanizmidagi tasmalarning nosozligidir. Bu holat BMW’ning 24 modeli va Mini filialida kuzatilgan.

2007-yilning noyabridan 2013-yilning iyuniga qadar ishlab chiqarilgan barcha mashinalar chaqirib olinadigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, Shvetsiyaning Volvo avtomobillari importi bilan shug‘ullanuvchi Volvo Korea va mamlakatga Harley Davidson motosikllarini yetkazib beruvchi Kiheung Motors kompaniyasi ham turli sabablarga ko‘ra, o‘z texnikalarini chaqirib olishga qaror qilgan. Bunday holat mamlakatda 30 dona S60 avtomobili va 207 dona XG750 motosikli kamayishiga olib keladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: BMW Koreyadan Janubiy

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.