» » Nepal rasmiylari voyaga yetmaganlar va keksalarga Everestga ko‘tarilishni man etadi

Скачать Nepal rasmiylari voyaga yetmaganlar va keksalarga Everestga ko‘tarilishni man etadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Nepal rasmiylari voyaga yetmaganlar va keksalarga Everestga ko‘tarilishni man etadi

Nepal rasmiylari Everest tog‘iga ko‘tarilish qoidalarini qayta ko‘rib chiqib, voyaga yetmaganlar, tajribasizlar va keksa alpinistlarga ekspeditsiyalarda ishtirok etishni man qilish niyatida. Mazkur qoidalar kelgusi yil bahorida kuchga kirishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat madaniyat, turizm va fuqarolik aviatsiyasi vaziri Dipak Chandra Amatya ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “Misanec.ru”

Vazirning aytishicha, 75 yoshdan oshganlar, 18 yoshga to‘lmaganlar, shuningdek, 6,5 ming metrdan ziyod balandlikka chiqmaganlar uchun Everestga ko‘tarilish taqiqlanadi. “Biz barcha istovchilarga Everestga chiqish va o‘sha yerda o‘lib ketishiga ruxsat berolmaymiz. Ko‘tarilishga jismoniy va ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmasa-da, bunga intilayotganlarni o‘z joniga qasd qilishga boryapti, desak to‘g‘ri bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan Dipak Chandra Amatya.

Eslatib o‘tamiz, har yili o‘rtacha 600 kishi Everest cho‘qqisini zabt etishga harakat qiladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Nepal Everestga

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.