» » Nyu-York va Nyu-Jersiga suv toshqini ostida qolish xavf solmoqda

Скачать Nyu-York va Nyu-Jersiga suv toshqini ostida qolish xavf solmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Nyu-York va Nyu-Jersiga suv toshqini ostida qolish xavf solmoqda

Iqlimning global isishi va dengiz sathining ko‘tarilishi Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarining (AQSh) suv ostida qolish ehtimolini keskin oshiradi. Mazkur hududlarda kuchli to‘fonlar endi avvalgidek har 500 yilda emas, har 25 yilda ro‘y beradi. Bu haqda bir guruh olimlar Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida e’lon qilgan maqolada yoritilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Maqola mualliflari — Nyu-Braunsuikdagi Rutger universiteti tadqiqotchisi Benjamin Xorton va uning hamkasblari Nyu-York hamda Nyu-Jersi atrofida dengiz sathi ikki ming yil davomida qanday o‘zgarganini o‘rganib, bu ko‘rsatkichlarni Atlantika okeanidagi dovul faolligi darajasini so‘nggi ming yil mobaynida o‘zgarishiga taqqoslab, shunday xulosaga kelgan.

Kelajakda po‘rtanalar yopirilishi ehtimolining oshishiga keyingi yillarda iqlim isishi va boshqa omillar tufayli dengiz sathi ko‘tarilib borayotgani asosiy sabab bo‘lishi aytilmoqda. Dengiz sathining ko‘tarilishi Atlantika suvlarining po‘rtana boshlangandagi ko‘rsatkichini keskin, salkam 1,5 metrga oshiradi. Buning oqibatida po‘rtanalar bundan 300—400 yil avvalgiga qaraganda ko‘proq joyni suv ostida qoldiradi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Nyu-York Nyu-Jersiga

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.