» » O‘zbekiston kompaniyasi Markaziy Osiyo reklama festivalida g‘olib chiqdi

Скачать O‘zbekiston kompaniyasi Markaziy Osiyo reklama festivalida g‘olib chiqdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston kompaniyasi Markaziy Osiyo reklama festivalida g‘olib chiqdi

26-sentabr kuni Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona reklama festivali — Red Jolbors Fest’ning 2015-yilgi tanlovi g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi. “PR.uz” xabariga ko‘ra, festival Gran-prisi O‘zbekiston vakillariga nasib etdi.

Foto: “PR.uz”

Har yili Bishkek shahrida tashkil etiladigan Red Jolbors Fest reklama festivali ta’lim ma’ruzalari va yarmarkalar vositasida, shuningdek, eng yaxshi reklama namunalari tanlovi orqali Markaziy Osiyo marketing va reklama bozorini rivojlantirishga qaratilgan.

Foto: “PR.uz”

2015-yilgi tanlovga olti — “Reklama va radio roliklari”, “Dizayn”, “Bosma va tashqi reklama”, Digital & Mobile, “Reklama kampaniyasi”, “Media” toifalari bo‘yicha 580 dan ortiq ariza kelib tushdi. Ularning 149 tasi short-listdan o‘rin olgan bo‘lsa, 80 tasi sovrinlarga loyiq ko‘rildi.

Foto: “PR.uz”

Xususan, tanlovning xalqaro hakamlar hay’ati 7 ta oltin, 26 ta kumush va 47 ta bronza mukofotni o‘z egalariga topshirdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgani uchun, Qozog‘istonning Green Penguin Media kompaniyasi “Festival agentligi” maqomini qo‘lga kiritdi.

Foto: “PR.uz”

“Yil mijozi” maqomi esa Qozog‘istonning Kaspi bank bankiga nasib etdi — bank buyurtmasi asosida GForce Grey kompaniyasi tomonidan tayyorlangan reklama ishlari eng ko‘p sovrinlar egasiga aylandi. O‘zbekistonning Abdusalyamov Production agentligi tomonidan tayyorlangan The Black Quail roligiesa festival bosh sovrini — Gran-prini qo‘lga kiritdi.

The Black Quail – Born in Uzbekistan from Ravshan Abdusalyamov on Vimeo.

Qayd etish joiz, Abdusalyamov Production tomonidan mazkur reklama roligi “Reklama va radio roliklari” kategoriyasining Corporate Film va Film Craft yo‘nalishlarida festival oltinlarini qo‘lga kiritdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.