» » “O‘zavtosanoat” AK vakillari Chexiyadagi MSV 2015 xalqaro avtomobilsozlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Скачать “O‘zavtosanoat” AK vakillari Chexiyadagi MSV 2015 xalqaro avtomobilsozlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“O‘zavtosanoat” AK vakillari Chexiyadagi MSV 2015 xalqaro avtomobilsozlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Chexiya Respublikasining Brno shahrida MSV 2015 xalqaro avtomobilsozlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zavtosanoat” AK delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmatixabar bermoqda.

Foto: “Minpromtorg”

Bu yilgi ko‘rgazmada dunyoning 25 mamlakatidan kelgan 1600 dan ortiq kompaniyalar quyuv-ishlab chiqarish, metallurgiya va oyna sanoati hamda avtomobilsozlik uchun butlovchi qismlarni namoyish etdi, shuningdek, jihozlarni yetkazib berish bo‘yicha keng turdagi xizmat turlarini taklif qildi.

Ko‘rgazmalar zalining “O‘zavtosanoat” AK uchun ajratilgan pavilyonlarida O‘zbekistonning investitsion salohiyati va avtomobilsozligida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar namoyish etildi. “O‘zavtosanoat” AK vakillari ko‘p sonli tashrif buyuruvchilar va ko‘rgazma mehmonlarini, shuningdek, katta qiziqish bildirayotgan yirik iste’molchilar va hamkorlarni O‘zbekiston avtomobil sanoati mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirdi.

Mazkur ko‘rgazma “O‘zavtosanoat” AK korxonalari va xorijiy kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro muloqot o‘rnatishda hamda “O‘zavtosanoat” AK imidjini avtomobilsozlik mahsulotlari va butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan keng ishlab chiqaruvchilar orasida yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.