» » Kerri AQShning Asadga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirganligini ma’lum qildi

Kerri AQShning Asadga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirganligini ma’lum qildi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri AQShning Suriya prezidenti Bashar Asadga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirganligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.


Rossiya va AQShning Yaqin Sharqdagi hamkorligiga bag‘ishlangan intervyuda Kerri Asad prezidentlik lavozimini “rejali o‘tish davri” doirasida tark etishi kerakligini aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, davlat kotibi shu tariqa Asadning zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qilayotgan Vashingtonning pozitsiyasini o‘zgartirganligini tan oldi.

Shu bilan birga Kerri suriyalik prezidentning iste’foga chiqishi yakuniy tinchlikka erishishning asosiy sharti ekanligini ta’kidlab o‘tdi.


Manba: Daryo.uz


Метки: Kerri AQShning Asadga

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.