» » Avtomobil sotib olish uchun “shapka” talab qilgan xususiy korxona mutasaddisi 10 yilga qamaldi

Скачать Avtomobil sotib olish uchun “shapka” talab qilgan xususiy korxona mutasaddisi 10 yilga qamaldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Avtomobil sotib olish uchun “shapka” talab qilgan xususiy korxona mutasaddisi 10 yilga qamaldi

Toshkentda avtomobil sotib olish uchun “shapka” talab qilgan xususiy korxona mutasaddisi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib, “12news.uz” xabar bermoqda.

Foto: Autonews

Nashrda qayd etilishicha, “Salom trans” va “Alijon trans servis” OAJlari o‘rtasida 2014-yil dekabrda tuzilgan shartnomaga muvofiq, “Alijon trans servis” “Salom trans”dan 55 dona Nexia avtomashinasini sotib olishi kerak edi. Kelishuv bo‘yicha 28 avtomobil o‘z egalariga yetkazildi. Qolgan 27 avtoulov esa 2015-yil martida yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan edi.

Bu orada “Alijon trans servis” direktori o‘rinbosari Gulida Xoliqova “Salom trans” rahbari Shokir Shoazizovdan har bir sotilgan mashina uchun bir ming dollardan, jami 55 ming dollar talab qildi. Biroq Shoazizov Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (SVOJJDLQK) departamentiga murojaat qildi. Jinoiy ishlar bo‘yicha tuman sudi Xoliqovani 10 yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm chiqardi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Avtomobil sotib

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.