» » 11-sentabrda yaqinlari halok bo‘lgan amerikaliklarning Saudiya Arabistoniga qarshi da’vosi rad etildi

Скачать 11-sentabrda yaqinlari halok bo‘lgan amerikaliklarning Saudiya Arabistoniga qarshi da’vosi rad etildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

11-sentabrda yaqinlari halok bo‘lgan amerikaliklarning Saudiya Arabistoniga qarshi da’vosi rad etildi

Nyu-York shtati janubiy okrugining federal sudi 2001-yil, 11-sentabrda ro‘y bergan teraktlar oqibatida yaqinlari halok bo‘lgan amerikaliklarning Saudiya Arabistoniga qarshi da’vosini rad etdi. Sudya Jorj Daniels buni mazkur mamlakat suveren davlat bo‘lgani sababli AQSh hokimiyat idoralariga bo‘ysunmasligi bilan izohladi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: AP

Da’vogarlar Ar-Riyod salkam 3 ming kishi nobud bo‘lgan 11-sentabrdagi hujumlar uchun javobgarlikni zimmasiga olgan “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaganini bildirgan. Shuningdek, Saudiya rasmiylaridan halok bo‘lganlarning oilasiga kompensatsiya to‘lashni talab etgan.

Saudiya Arabistoniga qarshi da’vo arizalari 2002-yildayoq berilgan, ammo turli sabablarga ko‘ra ularni ko‘rib chiqish to‘xtatilgan edi. 2013-yil dekabrida Nyu-York apellyatsiya sudi da’vogarlar tomonini olgach, ish yana qaytadan ko‘rib chiqildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: 11-sentabrda yaqinlari

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.