» » “Navbahor” – “Paxtakor” o‘yinidagi sariq kartochkalar o‘rganib chiqiladi

Скачать “Navbahor” – “Paxtakor” o‘yinidagi sariq kartochkalar o‘rganib chiqiladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Navbahor” – “Paxtakor” o‘yinidagi sariq kartochkalar o‘rganib chiqiladi

Oliy liganing 22-turida Namanganda bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvining 87-daqiqasida mezbonlarning bir yo‘la uch futbolchisi sariq kartochka olgan. Natijada bu uch futbolchining hisobidagi sariqlari soni to‘rttaga yetgan va “Nasaf” bilan muhim o‘yin oldidan ular diskvalifikatsiyaga uchradi, deb xabar beradi “Championat.asia”.

Foto: O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati

Mirabror Usmonovning tashabbusi bilan Oliy liga — 2015 ning ikkinchi davrasida kuzatilayotgan kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘limi ushbu uchrashuvga ham to‘xtalib o‘tmoqchi.

Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchilari Tojikistonga qarshi uchrashuvda ataylab sariq kartochkalarni olganini payqab qolgan FIFA keyinchalik o‘sha futbolchilarni yana bitta turga chetlatgan edi.

Agar voqealar rivoji jiddiy tus olsa, “Navbahor” jamoasini jarima, futbolchilarni esa bir nechta o‘yinga diskvalifikatsiya kutib turibdi.

22-tur. 20-sentabr
“Navbahor” (Namangan) – “Paxtakor” (Toshkent) – 0:1. 3683 tomoshabin.
Ogohlantirishlar: O. Valijonov (40), A. Samatov (72), S. Shixov (87), Sh. Erkinov (87), D. Jabborov (87) — J. Sohibov (40), K. Maxaradze (83).

87-daqiqada sariq kartochka olgan futbolchilarga qo‘shimcha Alisher Samatov ham “Nasaf” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda maydonga tushmagan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Navbahor Paxtakor

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.