» » Farrux Do‘stov Agridagi tennis turnirining chorak finaliga chiqdi

Скачать Farrux Do‘stov Agridagi tennis turnirining chorak finaliga chiqdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Farrux Do‘stov Agridagi tennis turnirining chorak finaliga chiqdi

O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Turkiyaning Agri shahrida “Chellenjer” turkumiga kiruvchi musobaqadagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Foto: “Olamsport”

Mukofot jamg‘armasi 42 ming 500 yevroni tashkil etgan turnirning birinchi davrasida Farrux Do‘stov avstriyalik Maksimiliyan Nyukristni ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Bugun, 30-sentabr kuni o‘tkazilgan ikkinchi davra bahsida Do‘stov litvalik Laurinas Grigelisga qarshi kortga chiqdi. ATP reytingida 247-o‘rinni band etgan Grigelisdan Farrux Do‘stov 6:2, 7:6 hisobida ustun keldi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Farrux Do‘stov Agridagi turnirning juftliklar bahsida ham kurash olib bormoqda. Serbiyalik Ivan Bjelika bilan tandem hosil qilgan o‘zbekistonlik tennischi ilk davrada turkiyalik tennischilar Muhammad Xaylaz hamda Sarp Agabigun juftligini 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Farrux Do‘stov Agri

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.