» » Qozog‘istonlik kelin-kuyov to‘y fotosessiyasi chog‘ida ishchi ayolni do‘pposladi

Скачать Qozog‘istonlik kelin-kuyov to‘y fotosessiyasi chog‘ida ishchi ayolni do‘pposladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Qozog‘istonlik kelin-kuyov to‘y fotosessiyasi chog‘ida ishchi ayolni do‘pposladi

2014-yil 2-iyun kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada kelin-kuyov to‘y fotosessiyasi chog‘ida shahar obodonlashtirish bo‘limi xodimasini do‘pposladi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”. Bugun, 30-sentabr kuni esa ish bo‘yicha hujjatlar shaharning Olmaota tuman sudiga topshirildi.

Foto: TengriNews

Hodisa poytaxtdagi istirohat bog‘laridan birida sodir bo‘ldi. Kelin-kuyov “Oq royal” haykali yonida suratga tusha boshlagan. Bu paytda esa ularning yaqinida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan, ko‘chatdan bo‘shagan qutilar shu haykal yoniga taxlab qo‘yilgan.

Mast kuyov ishchilarni so‘kib, qutilarni tepa boshlagan, xodimlar uni to‘xtatishga harakat qilib, tanbeh bergan. Nizoga kelin va uning dugonasi ham aralashgan. Ishchi ayollardan biri ulardan olgan zarba natijasida zinadan yiqilib, boldirini sindirib olgan. Sarxush holatdagi kelin va kuyov bunga ham qanoat qilmay, yerda yotgan ishchi ayolni qo‘l va oyoqlari bilan do‘pposlay boshlagan. Oqibatda ayolning bosh miyasi ham shikastlangan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Qozog‘istonlik

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.